Amorim, bu futbolchini tezroq yo‘qot!

  • 7 yanvar, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futboli mutaxassislaridan Ben Foster “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorimga niderlandiyalik hujumchi Joshua Zirkzeedan tezroq qutilishni maslahat berdi.

Tecno

Chunki “Nyukasl”ga qarshi o‘yinning 33-daqiqasida zaxiraga olingan Zirkzee darrov ichkariga kirib ketdi. Ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida besh yil o‘ynagan Ben Foster mashhur murabbiy bunaqa qiliqlarni kechirmasligini aytdi.

- Agar ser Aleks davrida kimdir shunday qilsa, uning jamoadagi faoliyatiga nuqta qo‘yilar edi. Uning kimligi muhim emas. O‘yinchi zaxiraga olinganidan keyin kiyim alishtirish xonasiga kirib ketishi to‘g‘ri emas.

Zirkzee u erga kirganidan keyin kimdir uni zaxira o‘rindig‘iga qaytarib yuborganidan keyin joyiga qaytganiga aminman.

Bu o‘ta xunuk holat. Unga achindim. O‘sha payt “Old Trafford”dagi muhit dahshatli edi. Jamoa yutqazayotgan edi. Yozua maydondagi 11 muammodan biri edi, - dedi Ben Foster.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!