Amir G‘alenoyi: Hali Jahon Chempionatini yo‘llanmasini naqd qilmadik!

  • 24 mart, 16:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida Eron terma jamoasi bilan o‘ynaydi.

Tecno

Bugun mazkur uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar safida bosh murabbiy Amir G‘alenoy va futbolchi Alirizo Jahonbaxsh qatnashdi. 

"Avvalo, O‘zbekiston terma jamoasiga Tehronga xush kelibsiz demoqchiman. Shu ularning tibbiy shtabiga rahmat aytmoqchiman. Chunki ular Toshkentdagi safarimizda bizga juda katta yordam berishdi.  O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan 10 yil davomida, ayniqsa, yoshlar jamoalarida ancha yaxshilandi va juda yaxshi natijalarga erishdi. Turli ligalarda o‘ynayotgan futbolchilar etishib chiqdi. Bizni ertaga juda qiyin o‘yin kutib turibdi. Eron chempionatida ham ancha kuchli o‘zbek futbolchilar to‘p surmoqda. 

BAAga qarshi o‘yin haqida gariradigan bo‘lsak, biz bahsni nazorat qildik. Raqib bosh murabbiy Bentuning say-harakatlari evaziga bizga etarlicha qarshilik qildi. 

Birinchi o‘yinda (BAAga qarshi) bizga etarlicha tayyorgarlik ko‘rmaganimiz yo‘q. Bizda bunga vaqt bo‘lmadi. O‘zbekistonga qarshi bellashuv oldidan esa ancha birga ishladik, etarlicha tayyorgarlik ko‘rdik. 

Biz bilamizki, O‘zbekiston 3-4-3 taktikasida o‘ynaydi va ular tezkor. Ular ertaga qarshi hujumlarda hujumda harakat qilishini bilamiz va ikki-uch kundan beri shu masala ustida ishlayapmiz.  Ushbu FIFA kunlarini yaxshi o‘yin va natija bilan yakunlaymiz, degan umiddamiz.

Jahon chempionati yo‘llanmasini hali naqd qilmadik. Bizni O‘zbekistondan tashqari, yana ikki raqib kutib turibdi. Har bir o‘yin o‘ziga yarasha qiyin o‘tishi aniq. Har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga chiqamiz, shu jumladan ertaga ham. 

Milliy terma jamoaning har uchrashuvi, hoh o‘rtoqlik o‘yini bo‘ladimi, rasmiy o‘yin bo‘ladimi, tarixda qoladi. Yosh futbolchilarni bosqichma-bosqich termaga jalb etib kelyapmiz. Shunchaki tarkibdan chiqarib tashlay olmaymiz. Chunki yoshlar ularning o‘rnida xudda ulardek harakat qilolmaydi. 

Mehdi Taremi jamoaning etakchilaridan biri va buni hech kim inkor qilmaydi. Futbolchining sog‘lig‘i doimo birinchi o‘rinda turishi kerak deb hisoblaymayman. Bugun Taremining maydonga tushish-tushmasligi aniq bo‘ladi. U BAAga qarshi uchrashuvda ham o‘ynashi mumkin edi. Biroq biz tavakkal qilmadik. 

Eron terma jamoasi FIFA reytingida 16-o‘rinda joylashgan. Ya’ni, o‘z tarixida eng yaxshi natijani qayd etmoqda. Bularning hammasi ikki yillik mehnatimiz samarasi. Qiyinchiliklarga qaramasdan, ajoyib natija qayd etyapmiz. Osiyo kubogida Yaponiyani mag‘lub etdik va bu ham katta natija. O‘zimizga ishonamiz va bundan kattaroq maqsadlar uchun harakat qilamiz.

Umid qilamanki, Jahon chempionati oldidan Eron futbol federatsiyasi biz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishadi", - dedi "yo‘lbarslar" ustozi. 

Eslatib o‘tamiz, Eron - O‘zbekiston bellashuvi ertaga soat 21:00da "Ozodi" stadionida start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!