
Amerika kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchi kim?
AQShda tashkil etilgan Amerika kubogi musobaqasida Argentina terma jamoasi avvalgi chempionatda qo‘lga kiritilgan chempionlik unvonini saqlab qoldi.
Bu gal argentinaliklar finalda Kolumbiya terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Bellashuv g‘olibi qo‘shimcha bo‘limlarda aniqladi. Lautaro Martinesning yagona goli Argentina terma jamoasiga bosh sovrinni keltirdi.
G‘alaba to‘pi mohir hujumchi uchun chempionatdagi beshinchi gol bo‘ldi. Oltita o‘yinda raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qilgan Lautaro Martines “Kopa Amerika-2024” to‘purarlari poygasida g‘olib chiqdi.
Martines chempionatda uchta to‘p kiritgan Venesuela terma jamoasi hujumchisi Salomon Rondonni ortda qoldirishga erishdi.
Fikrlar