
Alves - eng yaxshi futbolchi, Alisson - eng yaxshi darvozabon, Everton - eng yaxshi to‘purar
Xabaringiz bor bugun tongda Braziliya yashil maydonlari mezbonlik qilgan navbatdagi Amerika kubogi ham o‘z yakuniga etdi. Hal qiluvchi final uchrashuvida Braziliya Peruga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra turnirning eng yaxshi futbolchisi deb Braziliya terma jamoasi himoyachisi Dani Alves topildi. Eng yaxshi darvozabon nominatsiyasi esa Alissonga nasib etdi. 6ta o‘yinda 3ta gol urgan Everton esa musobaqa to‘purari bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya 2007 yildan buyon ilk bor Amerika kubogida zafar quchdi.
Fikrlar