
Alvares: "To‘pni ikkinchi teginishini his qilmadim"
"Atletiko Madrid" hujumchisi Xulian Alvares Chempionlar Ligasi 1/8 final javob uchrashuvida "Real"ga qarshi uchrashuvdagi bahsli penalti borasida fikr bildirdi. Uning goli to‘pga ikki marta tegish sababli bekor qilingan edi.
"Men bu vaziyatni qayta-qayta ko‘rib chiqdim. Hamma joyda ushbu epizodning videosi bor. Men ikkinchi tegishni his qilmadim. Agar u bo‘lgan bo‘lsa ham, juda minimal edi, shuning uchun uni sezish imkonsiz. Juda afsuski, shunday bo‘ldi," – deya Alvaresning so‘zlarini ESPN keltirdi.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, "Atletiko" va "Real" umumiy hisobda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Penaltilar seriyasida esa "qirollik klubi" futbolchilari 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Fikrlar