Alvares "Barselona" bilan bog‘liq xabarlarga javob berdi

  • 1 oktabr, 17:41
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko Madrid" futbolchisi Xulian Alvaresga "Barselona" klubi qiziqish bildirgani haqida OAV orqali xabarlar tarqaldi. Hujumchining o‘zi bu holatga munosabat bildirdi.

Tecno

"Men juda xotirjamman. Har doim turli gap-so‘zlar bo‘ladi, ammo rostini aytsam, mavsum endigina boshlanyapti. Mening bor e’tiborim "Atletiko Madrid"ga va  har kuni o‘zimni yaxshilashga qaratilgan. Mening xayolimdagi yagona narsa shu. Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga esa ahamiyat bermayman", — dedi Alvares.

Ma’lumot uchun, argentinalik futbolchining "matraschilar" bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi. Xulianning "Transfermarkt" portalidagi bahosi 100 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!