
Alonso “Real”ga uchta zo‘r yarim himoyachi tanladi
“Real” kelasi yoz yarim himoya chizig‘ini yangilash va yangi ijrochilar bilan kuchaytirish masalasini hal qilishni rejalashtirmoqda. Xabi Alonso bu rolga bir necha mashhur futbolchilarni mo‘ljallab qo‘ygan.
Ispaniyadagi nufuzli manbalardan fichajes.net saytining ma’lum qilishicha, ispaniyalik murabbiy 2026 yilning yozida “Real”ga Aleksis Makallister, Vitinya va Rayan Gravenberxni taklif qilmoqchi.
Ro‘yxatdagilar orasida argentinalik Aleksis Makallister asosiy nishon hisoblanadi. 2022 yili jahon chempioni bo‘lgan yarim himoyachi “Liverpul” tarkibida APLning eng zo‘r o‘yinchilaridan biriga aylandi.
Rayan Gravenberx ham “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. 23 yoshli baquvvat futbolchi bir paytning o‘zida bir necha funktsiyalarni mukammal bajara oladigan universal o‘yinchi hisoblanadi.
Xabi Alonso PSJning kreativ o‘yinchisi Vitinya yordamida jamoani tark etgan Toni Kroos va Luka Modrichdan qolgan bo‘liqni to‘ldirishni o‘ylab qo‘ygan.
Fikrlar