Alonso bir futbolchi uchun “Real”ning istalgan yulduzini sotadi
Italiya chempionatida “Yuventus” tarkibida porlayotgan turkiyalik qanot hujumchisi Kenan Yildiz Evropaning bir qator grand klublari transfer nishonida turibdi.
Xususan, “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso ham 20 yoshli futbolchini olish uchun o‘z jamoasidagi har qanday yulduzni sotib yuborishga tayyor. Faqatgina Kilian Mbappe bundan mustasno.
Kenan Yildizning agenti Jovanni Branchi Tuttomercatoweb saytiga bergan intervyusida o‘z mijoziga “Qirollik klubi”dan jiddiy chorlov bo‘layotganini ta’kidladi.
Joriy mavsumda Kenan Yildiz turinliklar safida barcha turnirlarda 14 marotaba maydonga tushib, beshta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha davom etadi. Transfermarkt portali ekspertlari Kenan Yildizni ayni paytda 75 million evroga baholamoqda.



Fikrlar