Allegri "Tottenxem"ni boshqarishni xohlamadi

  • 20 may, 2021, 21:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AS nashrining ma’lum qilishicha, "Yuventus"ning sobiq ustozi Massimiliano Allegri "Tottenxem"ni boshqarish taklifini rad etdi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis Zinedin Zidanning "Real"dagi taqdiri bilan qiziqmoqda. Agar frantsiyalik murabbiy Madrid klubini tark etsa, Allegri “Real”ni boshqarmoqchi.

Allegri faoliyati davomida “Milan” va “Yuventus” kabi grand klublarni boshqargan. U “keksa sinora”dagi 5 yillik faoliyati davomida 5 marta A Seriyada, 4 marta Italiya kubogida va 2 marta Italiya Superkubogida g‘olib chiqqan. Bundan tashqari, “Yuventus”ni ikki marta Chempionlar ligasi finaliga olib chiqqan.

Allegri 2019 yilda “Yuventus”dan iste’foga iqarilgan va shundan buyon ishsiz hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!