Alkantara "Barselona"ga qaytadi

  • 6 sentabr, 20:31
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Tyago Alkantara Xans-Diter Flik murabbiylar jamoasiga qaytmoqda.

Fabritsio Romano va Adria Albets kabi jurnalistlarning xabar berishicha, Tyagoning "ko‘k-anorranglilar" jamoasida ishlashi bo‘yicha kelishuv allaqachon erishilgan. 34 yoshli Alkantara kelgusi haftadan boshlab o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil yozida Tyago Alkantara "Barselona" murabbiylar jamoasiga vaqtinchalik qo‘shilgan edi. O‘shanda Tyago Flik bilan atigi bir oy ishlagan.

Futbolchi sifatida Tyago Alkantara "Barselona" safida 100 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va hamda 19 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!