
Alirizo Jahonbaxsh Infantinodan yordam so‘radi
Alirizo Jahonbaxsh Eron terma jamoasining CAFA turniri finalida O‘zbekistonga 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi va Infantinodan yordam so‘raganini aytdi.
- O‘zbekiston uchun turnirda g‘alaba qozonish juda muhim edi va yosh futbolchilarimiz etarlicha tajriba orttirishlari ham biz uchun kerakli edi. Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik, lekin natija biz kutgandek bo‘lmadi.
- Infantinoning bunday turnirga tashrif buyurishi, albatta, katta ahamiyatga ega va u Osiyo futboliga e’tibor qaratmoqda. Bu shaxsan biz uchun ham muhim. Infantino bilan qisqacha suhbatlashdim va undan JCh yo‘lida bizga yordam berishini so‘radim. Biz yaxshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazmadik va bu borada Infantinodan yordam so‘radim, - dedi Eron terma jamoasi sardori.
Fikrlar