Ali-Abdel Aziz: "Eddi Xirn, sen boksni dadangning puliga ko‘targan bo‘lsang, UFC barchasini noldan o‘zi bajardi"

  • 2 may, 16:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Avvalroq, britaniyalik promouter Eddi Xirn MMA mashxurlik bo‘yicha boksdan ancha ortda ekanini ta’kidlagandi. Bu gaplarga taniqli menejer Ali-Abdel Aziz keskin javob qaytardi.

Tecno

"Eddi, sen masxarabozsan. UFC 30 yildan beri mavjud. Sen boksni dadangning puliga ko‘targan bo‘lsang, UFC barchasini noldan bajardi. Sen oltita UFC jangchisini har kim ham sanay olmaydi, debsan. Xo‘sh, bu gaplarni aytishdan oldin Islom Maxachev, Jon Jons va Xabib Nurmagomedovning ijtimoiy tarmoqlarda jami kuzatuvchilari 60 milliondan oshganini bilarmiding? Sen shunchaki Dana Uaytga hasad qilyapsan” - deb yozdi menejer ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Ali-Abdel Aziz MMA qiyin davrlarni boshdan kechirayotganini aytib o‘tgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!