
Aleksis Sanches va Stefano Sensi yozda "Inter"ni tark etadi
"Inter" futbolchilari Aleksis Sanches va Stefano Sensi mavsum oxirida "Inter" bilan xayrlashadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Chililik hujumchining "neradzurrilar" bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi va u klub bilan kelishuvni uzaytirmaydigan bo‘ldi. Yarim himoyachi Sensi ham erkin agent sifatida jamoani tark etadi.
Ma’lumot o‘rnida, Sanches "Inter" bilan ikki karra A Seriya g‘olibi, ikki marta Italiya superkubogi sohibi va bir marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar