
Aleksis Sanches MYu muxlislaridan nega uzr so‘radi?
"Manchester Yunayted" klubi forvardi Aleksis Sanches jamoa muxlislaridan uzr so‘radi.
“Jamoaning maqsadlariga erishishida yordam bera olmaganim uchun muxlislardan uzr so‘rayman. Bu mavsum juda qiyin bo‘ldi. Jarohatlar sabab o‘zimning eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsata olmadim. OAVda tarqalgan xabarlar yolg‘on. Men barcha sohalarda professional bo‘lganman. Biz – “Manchester Yunayted”miz! Klub bir kun kelib albatta Aleks Fergyuson davrida bo‘lganidek buyuk bo‘ladi”, - deydi chililik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Sanches joriy mavsum MYu safida 37ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Qizil iblislar” esa APLni 6-o‘rinda yakunlashdi.
Fikrlar