
Aleksandr Zverevning do‘sti oyog‘idan tortdi
Germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev o‘z yurtida o‘tayotgan "Mercedes Cup" turnirining ikkinchi davrasidan o‘ta olmadi.
Sasha mazkur bosqichda hamyurti Dastin Braunga qarshi kortga chiqib, yakunda 4:6, 7:6, 3:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa Shtutgart shahrida o‘tayotgan musobaqaning chorak finaliga yo‘l olgan Braun, endi franiyalik Jil Simon, yoki kanadalik Feliks Ojega qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar