
Aleksandr Volkanovskining orzusidagi raqib kim?
Yarim engil vaznda UFC chempioni Aleksandr Volkanovski o‘zining orzusidagi jang haqida gapirdi.
"Orzudagi jangimga raqib sifatida Konorni tanlardim. Faqat pik formadagi Makgregorga qarshi. U bir paytlar ajoyib jangchi edi. Irlandning aniqligi g‘oyat yuqori, tayyor kombinatsiyalari va qaysi usul ish berishini anglay olish qobiliyati a’lo darajada edi", — dedi Volkanovski.
Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor Oq Uyda bo‘lib o‘tadigan turnirda ishtirok etmoqchiligini aytgandi.
Fikrlar