Aleksandr Usik: “Ciyosatga kirib, o‘g‘irlik qilish niyatim yo‘q”
38 yoshli mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik siyosatga kirish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
“Men siyosatga kirib nima qilaman? Menga bu kerak emas. Agar siyosatchi yoki mer bo‘lsam, kimga ham yordamim tegardi?! Men bu sohada o‘qimagaman, yuridik bilimim ham yo‘q. Siyosatga ko‘p hollarda o‘g‘irlashni istaydiganlar kiradi. Men esa o‘g‘irlik qilmoqchi emasman. Xudoga shukur, menda hammasi bor. Bularni o‘zim ishlab topganman va endi ularni boshqa yo‘nalishda ko‘paytirishni istayman”, — dedi bokschi ukrain ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Usik 26 iyul kuni bo‘lib o‘tgan katta boks oqshomida Daniel Dyubuani 5-raundda nokautga uchratgan edi.



Fikrlar