
Aleks De Minaur g‘alabani ilib ketdi
Avstraliyalik tennischi Aleks De Minaur Chjuxay shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning final bosqichiga muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Aleks musobaqaning yarim finalida ispaniyalik Roberto Bautista-Agutni har ikkala setda bir hil 6:2 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa "Zhuhai Open"ning so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida De Minaur frantsiyalik Adrian Mannarinoga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar