Alaba "Real"ga "Bavariya"dagi sobiq sherigini sotib olishni tavsiya qildi

  • 30 mart, 2022, 17:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid futbolchisi David Alaba klubga "Bavariya"dagi sobiq jamoadoshi Serj Gnabrini xarid qilishni maslahat berdi. Bu haqda "Sport Bild" nashri xabar berdi.

Tecno

Gap shundaki, Gnabri myunxenliklar bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishmagan. Shu bois bu transferning tezlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.  

Ayni paytda futbolchi "Bavariya"dagi holatidan mamnun emas. U murabbiyning qarorlaridan qoniqish his qilmayapti. 

Ma’lumot o‘rnida, Serj Gnabri joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 13 gol va 9 assist mavjud.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!