Alaba "Real"dan ketishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

  • 6 sentabr, 17:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi himoyachisi David Alaba Ispaniya grandini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq, OAVda 33 yoshli futbolchiga "Fenerbahche" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tecno

"Men uzoq vaqtdan beri futbol olamidaman va mish-mishlar uning bir qismiga aylangan. Yaxshiyamki, bunday narsalar haqida uzoq o‘ylamayman. Ko‘p kuldim, chunki aytilgan gaplarning hammasi yolg‘on. Bularning barchasi yolg‘on", - deya Alabaning so‘zlarini keltirdi The Touchline X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avstriyalik himoyachi "qaymoqranglilar" safida 2021 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Bu davrda Alaba barcha turnirlarda 116 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 6 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!