
"Al-Hilol" yangi murabbiy qidirmoqda
"Al-Hilol" yozgi transferlar oynasida bir qancha katta xaridlarni amalga oshirish ustida ishlamoqda. Klub Ruben Nevishni deyarli o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Shuningdek, Lukaku, Kulibali, Mendi va Modrich kabi futbolchilar ham Saudiya klubiga o‘tishi mumkin.
"Calcio Mercato" nashrining xabar berishicha, "Al-Hilol" "Portu" murabbiyi Serjiu Konseysauni jamoaning yangi ustozi bo‘lishini istaydi. Birinchi taklif yuborildi, lekin portugaliyalik mutaxassis hozircha bu transferga rozi bo‘lgani yo‘q. Oldinroq, Mourinoga murojaat qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida "Al-Hilol"ni Ramon Diash tark etgan. Undan keyin vaqtinchalik murabbiy vazifasini Emilano Diash bajardi.
Fikrlar