
"Al-Hilol" Ronalduga aqldan ozdiradigan taklif tayyorlamoqda
Saudiya Arabistonining yana bir klubi Krishtianu Ronalduga katta taklif tayyorlamoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Al-Hilol" portugaliyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishni niyat qilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, jamoaga yaqin insonlar Krishtianuning vakillariga aloqacha chiqib, aqldan ozdiradigan shartnoma taklif etgan.
Avvalroq, Saudiyaning boshqa bir jamoasi "Al-Nassr" ham Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi aytilgandi. Riyodliklar hujumchiga 2,5 yillik shartnoma uchun 200 million evro berishga tayyorligi taxmin qilinmoqda.
37 yoshli futbolchi ayni paytda erkin agent hisoblanadi. Bir necha kun oldin u MYu bilan shartnomasini bekor qilgandi.
Fikrlar