
"Al-Hilol" PSJdan yana bir yulduz futbolchini sotib olmoqchi
PSJ darvozaboni Keylor Navas ham Neymarning ortidan "Al-Hilol"ga yo‘l olishi mumkin. Parijliklar ham darvozabonni sotishga tayyor.
36 yoshli kosta-rikalik posbon o‘tgan mavsumni Angliyaning “Nottingem Forest” klubida ijara asosida o‘tkazgan edi.
Hozirda u frantsuz grandi safida Janluiji Donnarumma va Arnau Tenasdan keyin uchinchi darvozabon maqomida qolmoqda.
Navasning PSJ bilan shartnomasi tugashiga esa yana bir yil qoldi. Klub rahbariyati boshqa ijara o‘yinchilari kabi uni ham sotishdan manfaatdor.
"Al-Hilol" ayni damda PSJ yarim himoyachi Marko Verrattiga ham qiziqmoqda.
Fikrlar