“Al-Hilol” Messini olib keladigan “figura”ni topdi
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi Lionel Messini klubga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishning turli yo‘llarini qidirmoqda.
Get Football News France nashrining yozishicha, saudiyaliklar PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattini transfer qilishni rejalashtirgan. Ular Verratti yordamida uning yaqin do‘sti Leoni ham Saudiyaga kelishga ko‘ndirmoqchi.
Italiyalik yarim himochining o‘zi ham ko‘ngildagidek o‘tmayotgan mavsumdan keyin jamoasini o‘zgatirishga qarshi emas.
“Al-Hilol” argentinalik jahon chempionini futbol tarixida eng katta maosh oladigan o‘yinchiga aylantirmoqchi. O‘tgan oy arablar Messiga o‘z taklifini yuborgan. Biroq, Lionel hali bir to‘xtamga kelgani yo‘q.



Fikrlar