"Al-Hilol" futbolchisi Evropaga qaytishi mumkin!

  • 16 oktabr, 13:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Al-Hilol" futbolchisi Sergey Milinkovich-Savich yozda yana Evropaga qaytishi kutilmoqda.

Tecno

"Corriere dello Sport" nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, serbiyalik yarim himoyachiga ayni vaqtda Londonning "Chelsi" va Turinning "Yuventus" jamoalari qiziqish bildirmoqda.

30 yoshli futbolchining Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Shu sababli, jamoalar yanvardan boshlab futbolchi bilan dastlabki kelishuv shartnomalarini tuzib olishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’limot uchun, 2023 yilda "Al-Hilol" Savichni "Latsio"dan 40 million evro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi. Shu davr mobaynida yarim himoyachi saudiyaliklar safida jami 102 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol kiritgan va 26 golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!