
"Al-Ayn"ga qarshi uchrashuvda "Paxtakor" futbolchilariga qo‘yilgan ballar!
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Al-Ayn" - "Paxtakor" uchrashuvi yakuniga etdi. Quvonarlisi, unda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida zafar quchdi.
Vakillarimiz safida gollarga Hojimat Erkinov (dubl) va Dragan Cheran mualliflik qildi. Shuningdek, Cheran o‘z nomiga 2 ta assist ham yozdirib qo‘ydi.
Qayd etish lozim, 2 ta assist va 1 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan Cheran "SofaScore" talqiniga ko‘ra o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi (9.0 ball). Quyida "sherlar"ning barcha futbolchilariga qo‘yilgan ballar bilan tanishing.
Fikrlar