Akmal Mozgovoy O‘zbekistonga qaytadimi?

  • 2 dekabr, 18:26
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

BAAning "Baniyas" klubida harakat qilayotgan Akmal Mozgovoy Superligaga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar chiqqan edi.  Ma’lumotlarga ko‘ra, Mozgovoyga "Andijon" qiziqish bildirmoqda. 

Tecno

Ammo "Sports uz" sayti jurnalisti Oybek Yo‘ldoshevning xabar berishicha, "Andijon" futbolchi bilan aloqaga chiqqani yo‘q. Akmal hozirda O‘zbekistonga qaytish haqida o‘ylamayapdi. Uning asosiy maqsadi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, jamoaning etakchisiga aylanish. 

Ma’lumot uchun, 26 yoshli yarimhimoyachining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi va uning Transfermarkt portalidagi narxi 1.3 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
02/12/2025 20:37
qiladigan boshqa ishlaring yuq-mi?