Akanji "Milan"ga o‘tishdan bosh tortdi

  • 31 avgust, 03:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akanji "Milan" taklifini rad etdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, shveytsariyalik futbolchi "rossonerilik"lar taklif qilgan shartnomani qabul qilmagan. Avvalroq "Milan" uni sotib olish uchun 15 million evro hamda bonuslar taklif etgani aytilgan edi.

Akanji faqat Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoada o‘ynashni xohlamoqda. Janluka Di Martsioning ma’lumotiga ko‘ra, u Angliya Premer-ligasida qolishga moyil.

Shu bilan birga, "Milan" boshqa nomzodlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Jumladan, "Vilyarreal"dan Xuan Foyt va "Liverpul"dan Jo Gomes. Italyan klubi so‘nggiga ham rasmiy so‘rov yo‘llagan. Transfer oynasi yopilishiga qadar boshqa variantlar ham muhokama qilinishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!