
Aguero Messi haqida: Men buni shunchaki hazil deb o‘ylagandim
Serxio Aguero o‘tgan yili "Barselona" safiga kelib qo‘shilgan edi. Hujumchi o‘zining yaqin do‘sti va hamyurti hisoblangan Lionel Messi bilan bir jamoada o‘ynashni kutgandi, biroq argentinalik yulduz PSJga o‘tib ketdi.
“Barselona” Messining ketishini e’lon qilganida, kimdir “Barselona”ning ijtimoiy tarmoqlarini buzib kirgan deb o‘yladim. Men buni shunchaki hazil deb o‘ylagandim”, - deya eslaydi Aguero ESPN nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Serxio Aguero yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi.
Fikrlar