Aguero “Manchester Siti”da uzoq yillar davomida hammani aldab kelgan

  • 14 dekabr, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning sobiq futbolchisi Mayk Richard klub tarixidagi eng zo‘r to‘purar Serxio Aguero  jurnalistlarni aldab kelganini oshkor qildi.

Tecno

- Serxio yillar davomida jurnalistlarni aldab keldi. Ular argentinalik futbolchidan intervyu so‘raganida, Serxio ingliz tilini bilmasligini aytardi. Aslida Aguero bu tilni juda yaxshi o‘zlashtirgan, - dedi Mayk Richards.

Aguero 2011-2021 yillar davomida “shaharliklar” sharafini himoya qilgan. Keyin “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan.

Biroq 2021 yilning dekabrida uning yuragida muammo paydo bo‘ldi va futbolchilik faoliyatini yakunlashiga to‘g‘ri keldi.

Aguero “Manchester siti” safida jami 275 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 184 ta to‘p kiritgan va jamoadoshlariga 55 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!