Aguero do‘sti Messidan Ronalduni ustun qo‘ydi

  • 18 oktabr, 2021, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Serxio Aguero so‘nggi 15 yillikning eng kuchli futbolchilari – Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning to‘purarlik borasidagi imkoniyatlarini solishtirdi.

Tecno

- Krishtianu Ronaldu Lionel Messidan dadilroq hujumchi. U har doim o‘ziga ishonadi. Ronaldu tinimsiz gol ura oladi, - dedi argentinalik hujumchi.

Darhaqiqat, 36 yoshli Ronaldu Angliya premer-ligasiga o‘tganidan keyin ham “Manchester Yunayted” uchun bir necha marta gol urdi. U Chempionlar ligasida ham o‘zini ko‘rsata oldi. Portugaliyalik yulduz terma jamoada ham gollar seriyasini davom ettirmoqda.

Lionel Messi esa PSJga o‘tganidan beri “Barselona”dagi o‘yinlarini namoyish eta olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!