
Aguero “Barsa” uchun o‘ynay olmaydi
“Barselona” argentinalik to‘purar Serxio Agueroning xizmatlaridan foydalan olmaydi. Klub rahbariyati hali hujumchini La Liga ro‘yxatidan o‘tkazish yo‘lini topgani yo‘q.
“Barselona” prezidenti Joan Laporta 33 yoshli to‘purarni qaydnomadan o‘tkazish uchun jamoa o‘yinchilari yana maoshini pasayishiga rozilik berishi kerakligini ta’kidlamoqda. Yaqinda Jerar Pike boshchiligidagi tajribali futbolchilardan bir nechtasi maoshining bir qismidan voz kechganidan keyin Memfis Depay va Erik Garsiya musobaqada qatnashuvchilar ro‘yxatiga kiritilgandi.
Ta’kidlash joizki, aguero shundoq ham oktyabr oyigacha jamoaga yordam bera olmaydi. Tibbiy ko‘rik futbolchining to‘pig‘ida jiddiy jarohat borligini ko‘rsatgan.
Avvalroq, Serxioga Angliya premer-ligasidagi qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Fikrlar