
AGMK Xurshid G‘iyosov bilan 2 yillik shartnoma imzoladi
AGMK klubi yangi mavsum uchun ilk xaridini amalga oshirdi. Bu xususida klub matbuot xizmati shunday xabar qiladi:
“Jamoamiz selektsiya ishlaridagi dastlabki transferlarini e’lon qilishni boshlaydi.
“Bunyodkor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan hamda ushbu jamoada 7 mavsumni o‘tkazgan va 2022 yildan e’tiboran erkin agentga aylangan iqtidorli hujumkor yarim himoyachi Xurshid G‘iyosov AGMK futbol klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Xurshid G‘iyosov bir muddat “Obod” va Janubiy Koreyaning “Anyang” klublarida ham faoliyat yuritgan. Futbolchi faoliyati davomida klub tizimida jami 153 o‘yin o‘tkazgan va raqiblar darvozasiga 37 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan”.
AGMK klubi ertaga yana yangi transferlarni e’lon qiladi.
Fikrlar