
AGMK o‘z tarixida ilk bor sovrindorga aylandi
AGMK klubi Superliga 25-turini Namanganda o‘tkazdi. "Navbahor"ga qarshi bahsda olmaliqliklar durang bilan ortga qaytdi (0:0).
Darvozalarga yo‘l topa olmagan jamoalar 1 ochkodan ishlashdi. Natijada Mirjalol Qosimov shogirdlarining mavsum yakunlanishiga bir tur qolganda uchinchi o‘rinni olishi aniq bo‘ldi.
Shu tariqa, olmaliqliklar o‘z tarixlarida ilk bor bronza medallariga ega chiqishmoqda. Olmaliq jamoasining hozirga qadar eng yaxshi natijasi 2009 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda klub 4-o‘rinni egallagandi.
Fikrlar