
AGMK Dubayda Aziz G‘aniev jamoasiga qarshi o‘ynaydi
O‘z safini kuchaytirish ishlarini olib borayotgan Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi AGMK klubi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida BAAda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
Reja bo‘yicha olmaliqliklar 15 yanvar kuni Dubayga jo‘nab ketishadi. U erda bir qator nazorat o‘yinlari rejalashtirilgan. Dastlabki o‘yini aniq bo‘ldi. Hamyurtimiz Aziz G‘aniev to‘p surayotgan “Shabab Al-Ahli” jamoasi AGMKning raqibiga aylanadi. Ushbu uchrashuv 18 yanvar kuniga belgilangan.
AGMK BAAda 29 yanvarga qadar shug‘ullanishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar