"Agar u qandaydir sabalarga ko‘ra bu jangni xohlamasa, unvonni bo‘shatib qo‘ysin", - Murodjon Ahmadaliev Naoya Inoueni keskin tanqid qildi

  • 29 sentabr, 2024, 17:16
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Birinchi yarim engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev (12-1, 9 KO) shu vaznda amaldagi mutlaq jahon chempioni Naoya Inouega (28-0, 25 KO) ochiqchasiga murojaat qilib, o‘z jangi haqida qaror qabul qilishni talab qildi. WBA chempionlik kamari uchun da’vogar hisoblangan Ahmadaliev yaponiyalik bokschining jangni kechiktirganidan noroziligini bildirdi.

Tecno

Ahmadalievning ta’kidlashicha, WBA iyun oyida unga Inoue bilan jang o‘tkazishga ruxsat bergan, ammo Yaponiya tomoni muzokaralardan qochmoqda.

"Vaziyat tushunarsiz, – deydi o‘zbekistonlik bokschi – Men majburiy raqib maqomini oldim va Inoue men bilan jang qilishga majbur. Biz muloqotga ochiqmiz va dunyoning istalgan nuqtasida jang qilishga tayyormiz. Mening butun faoliyatim davomida raqiblar hududida janglar o‘tkazdim va men buni hech qachon muammo deb hisoblamaganman."

Murodjon Akhmadaliev speaks of his long road to boxing glory - Bad Left Hook

Shuningdek, Ahmadaliev Inoueni jang sanasi va joyini belgilashga yoki WBA kamarini bo‘shatishga chaqirdi.

"Agar u qandaydir sabalarga ko‘ra bu jangni xohlamasa yoki jamoasi hech qanday qadam tashlamasa - unvonni bo‘shatib qo‘ysin. Qoidalar hamma uchun bir xil. Kanelo Skullga qarshi majburiy himoya uchun Berlanga jangini tanlagani uchun IBF unvonidan mahrum qilindi. Nima uchun Inoue farqli standartlarga ega? Bu kamar haqli ravishda menga tegishli, deb hisoblayman, chunki Marlon Tapales bilan jangda hakamlarning nohaq qarori tufayli g‘alabadan mahrum bo‘ldim. Men o‘zimni hali ham chempiondek his qilyapman va buni Inouega qarshi ringda isbotlashga tayyorman, chunki g‘alabamga ishonchim komil."
 

Inoue Naoya: Japan's Boxing Monster Aims for Undisputed in Second Weight  Class | Nippon.com

Ahmadaliev Inoueni mag‘lub eta oladigan yagona bokschi ekanligiga ishonch bildirdi.

“Men super vazn toifasida eng yaxshisiman va buni butun dunyo biladi. Albatta, Inoueni kuchli jangchi sifatida hurmat qilaman, lekin qilayotgan ishlari uning bu unvonga to‘g‘ri kelmayapti. Uni dunyoning eng yaxshi bokschi deb atashadi, ammo qanday qilib dunyodagi eng yaxshi bokschi majburiy raqib bilan jang qilishdan qochishi mumkin? U men bilan jang qilishni va kamarni bo‘shatishni istamasligini tan olsin."

Ma’lumot uchun, bu yil Inoue o‘z kamarlarini ikki marotaba muvaffaqiyatli himoya qildi va Lui Neri hamda Ti Jey Doxeynini mag‘lub etdi. Yaponlar dekabr oyidagi rejalariga IBF chempioni Sem Gudmanga qarshi jang o‘tkazishni kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!