
Afrikaliklar bizga bas kelolmadi!
Vengriyaning Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat olamining eng nufuzli musobaqasi hisoblangan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zekiston erkaklar va xotin-qizlar terma jamoalar ikkinchi tur uchrashuvlarini ham g‘alaba bilan yakunladi.
Butun dunyodan 200 ga yaqin davlat terma jamoalar erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Olimpiada ishtirokchilarining umumiy soni 630 nafar sportchini tashkil qilmoqda. Ulardan 246 nafar grossmeysterlardir.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadaning birinchi turida Trinidad va Tobago terma jamoasini 3,5:0,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Ikkinchi raundda huddi shu hisobda Misr terma jamoasi mag‘lub etildi.
Natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:
Grossmeyster Adham Favziy 2507 – grossmeyster Nodir Abdusattorov 2766 0-1
Xalqaro toifadagi sport ustasi Karim Vajix 2402 – grossmeyster Nodirbek Yoqubboev 2666 0-1
Xalqaro toifadagi sport ustasi Hamid Vafo 2368 – grosmeyster Javohir Sindorov 2677 0,5-0,5
FIDE ustasi Samih Sodiq 2269 – grossmeyster Shamsiddin Vohidov 2650 0-1.
Xotin-qizlar musobaqasida shaxmatchilarimiz Angola terma jamoasiga qarshi dona surib, 3:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi.
Natidalar quyidagicha bo‘ldi:
Ayollar o‘rtasida FIDE ustasi Jemima Paulo 2037 – ayollar o‘rtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Afruza Hamdamova 2313 0-1
Ayollar o‘rtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Esperansa Chaxita 1932 – ayollar o‘rtasida grossmeyster Nilufar Yoqubboeva 2248 1-0
Ayollar o‘rtasida FIDE ustasi Ednasiya Junior 1888 – ayollar o‘rtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Umida Omonova 2032 0-1
Ayollar o‘rtasida FIDE ustasi Lutsiya Pires 1877 – ayollar o‘rtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Marjona Malikova 2083 0-1.
Endi uchinchi tur bellashuvlarida grossmeyster yigitlarimiz Xorvatiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. “Shaxmat malikalari” esa mezbonlar – Vengriya terma jamoasi bilan bellashadi.
Fikrlar