
Afrika termasi Anchelotti ularni jahon chempioni qilishini aytmoqda
Kot-d’Ivuar sport vaziri Klod Paulin Danxo “Real”da so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgani aytilayotgan Karlo Anchelotti Afrika jamoasini jahon chempioni qilishiga ishonmoqda.
- Agar Karlo Anchelotti “Real”dagi ishini tugatib, bizga keladigan bo‘lsa, uni bag‘rimizni ochib kutib olamiz.
Italiya futboli bizga har doim namuna bo‘lib kelgan. Bizdagi iste’dod egalariga Anchelotti kabi ajoyib murabbiy ustozlik qilsa, jahon chempionatida g‘olib chiqamiz, - dedi Danxo.
Danxoning bu taklifni bergani bejiz emas. Avval italiyalik mutaxassis Kot-d’Ivuar terma jamoasini boshqarish istagi borligini bildirgandi. Bu terma jamoa Qatardagi jahon chempionatiga chiqa olmagan.
Fikrlar