Afoninning jamoasi Turkiyadagi yig‘inni g‘alaba bilan boshladi

  • 21 yanvar, 2018, 20:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Vadim Afonin faoliyat olib boradigan “Orenburg” klubi davralar oralig‘ida Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Tecno

Bugun Afonin to‘p suradigan klub yig‘in doirasida ilk nazorat uchrashuvini  o‘tkazdi. Ularga Qozog‘istonning “Aktobe” klubi raqiblik qildi.

Ushbu o‘yinda rus klubi 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz ikkinchi taymda maydonga tushirildi.

Nazorat o‘yini

“Orenburg” (Rossiya) – “Aktobe” (Qozog‘iston) 3:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!