"Adu-Dhabi Chess Festival". Birinchi va ikkinchi turda shaxmatchilarimiz qayd etgan natijalar bilan tanishing

  • 18 avgust, 2024, 13:16
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida 30-Abu Dabi Xalqaro shaxmat festivali bo‘lib o‘tmoqda. 14 avgust kuni start olgan musobaqada yurtimiz sharafini jami 32 nafar shaxmatchi himoya qilmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 63600 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda 250 dan ortiq shaxmatchi Masters, Open A, Open B hamda Juniors guruhlarida bellashmoqdalar.

Qayd etish lozim, mazkur turnirda ko‘plab hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda. Quyida hamyurtlarimizning 1- va 2-turda qayd etgan natijalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

1-tur

Asadbek Abdulazizov (O‘zbekiston) 1/2-1/2 Paxlavansadeh Xuseyn (Eron)
Muqimov Arjin 1 - 0 Yaqub Vafa (Qatar)
Qudratov Behruz 1 - 0 Axmed Ibrohim Xalil (Iroq)
Abdulazizova Asmina 0 - 1 Maraimov Hudoyor 
Abdulazizova Asmirahon 1 - 0 Avxad Praxval (Hindiston)
Yoqubboev Akbar + - - Al Reem Al Hamadi (BAA)
Iskandarov Murodbek 1/2 -1/2 Atya Maxmud (Misr)
Asilbek Abdulazizov 1 - 0 ​Minu Nimit (Kenya)
Rahimov Doniyor 0 - 1 Amir Saed Alileili (BAA)
Abdukarimov Azizjon 1 - 0 Sharifi Shamigul (Tojikiston)
Shavkatova Shahnoza 0 - 1 Iskander Ali Alblushi (BAA)
Tohirjonov Usmonhon 1 - 0 Tani Faisal Alhuri (BAA)
Tulyaganova Fazilat 0 - 1 Muxamed Atif Karim (Misr)

2-tur

Mukumov Arjin (O‘zbekiston) 1 - 0 Alezama Aisha (Iordaniya)  
Abdulazizov Asilbek  0 - 1 Delloro Noli (Filipin) 
Qudratov Behruz 1 - 0 Al Qassabi (Qatar) 
Maraimov Xudoyor 1 -  0 Sarfudeen Parapurayl (Hindiston) 
Yakubboev Akbar 1 - 0 Durapad Lohidas (Hindiston)
Abdukarimov Azizjon 0 - 1 Sahil Sanjay (Hindiston) 
Tohirjonov Usmonxon 0 - 1 Daniel Beifus (Angliya) 
Iskandarov Murodbek 1 - 0 Anat Al Aisae ( Ummon) 
Favaz Mohamad 1 - 0 Abdulazizov Asadbek  
Abdulazizova Asmina 1 - 0 Omar Al Hashmi (Iordaniya) 
Abdulazizova Asmiraxon 0 - 1 Abdulaziz Alali (BAA) 
Doniyor Rahimov 0 - 1 Subramanian Abhinav (Hindiston) 
To‘laganova Fazilat 0  - 1 Basu Sanchalak (FIDE)

Eslatib o‘tamiz, mazkur turnir jami 9 tur davom etadi. 3-tur bahslari esa bugun start oladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!