
"Adrenaline Online Cyber Cup". FIFA20 bo‘yicha g‘olib aniqlandi
Ayni kunlarda "IT Park MITC" ko‘magida "Adrenaline" bilan hamkorlikda mukofot jamg‘armasi 60 mln so‘mni tashkil etuvchi "Counter-Strike: Global Offensiv" va "FIFA 20" bo‘yicha "Adrenaline Online Cyber Cup" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun "FIFA 20" bo‘yicha o‘tkazilayotgan turnirning hal qiluvchi bahslari bo‘lib o‘tdi. 256 nafar ishtirokchi orasidan finalga qadar etib kelib, bosh sovrin uchun kurashda Qahramon Solihboevni 2:1 hisobida mag‘lub etgan Dilshod Matyoqubov "FIFA 20" bo‘yicha o‘tkazilgan "Adrenaline Open Cyber Cup" musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.
3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda esa Abdusapi Qayumov Ilhom Turdiqulovdan 2:0 hisobida ustun keldi.
"Adrenaline Online Cyber Cup" | FIFA 20 | Final
Dilshod Matyoqubov - Qahramon Solihboev 2:1
3-o‘rin uchun
Abdusapi Qayumov - Ilhom Turdiqulov 2:0
Fikrlar