
Abubakarga Turkiyadan taklif bor
“Al-Nassr” Ronalduni sotib olganidan keyin hujumchi Vinsen Abubakarning klubdan ketishi kutilmoqda. Uning keyingi manzili Turkiya bo‘lishi mumkin.
“FootMercato” nashrining xabar berishicha, “Beshiktosh” 30 yoshli futbolchining agenti bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Klub uni “Manchester Yunayted”ga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan Vegxorst o‘rniga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchchun, Abubukarning “Al-Nassr” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. U ushbu mavsum barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar