
Abraxam faoliyatini Italiyaning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam faoliyatini Italiyaning boshqa bir klubi "Milan"da davom ettirishi mumkin.
Fabritsio Romano xabar berishicha, milanliklar angliyalik futbolchi uchun muzokaralarni boshlagan. Hujumchining o‘zi ham bu taklifni qabul qilishi mumkin.
Temmi 2021 yilda "Chelsi"dan "Roma"ga 41 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan. Shundan keyin jamoaning asosiy hujumchisiga aylandi, lekin jarohat tufayli bu maqomdan ayrilib qolishi aniq bo‘lib bormoqda. Sababi, klub yaqindagina "Jirona"da Artyom Dovbikni xarid qildi.
Fikrlar