
A Seriyaning hozirgi va sobiq 11 nafar o‘yinchisi futboldan chetlatilishi mumkin
A Seriyada o‘ynayotgan yoki o‘ynagan 12 nafar futbolchi noqonuniy platformalarda pul tikkanligi sababli jazolanishi mumkin.
"Corriere della Sera" nashrining xabariga ko‘ra, Nikolo Fajoli va Sandro Tonalining futbol o‘yinlariga pul tikish holati bo‘yicha tergov jarayonida "Fiorentina" va "Nyukasl" futbolchilarining yozishmalari tekshirilgan. Tekshiruv natijasida A Seriyaning yana kamida 12 nafar hozirgi yoki sobiq futbolchisi noqonuniy platformalarda pul tikkanligi aniqlangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil dekabridan 2023 yil oktyabrigacha Alessandro Florensi, Nikolo Zanolo, Mattia Perin, Ueston Makkenni, Leandro Paredes, Anxel Di Mariya, Raul Bellanova, Samuele Richchi, Kristian Buonayuto, Matteo Kancheleri va Xunior Firpo kabi futbolchilar noqonuniy platformalarda o‘yin o‘ynagan.
Ta’kidlanishicha, yuqorida sanab o‘tilgan futbolchilar futbol o‘yinlariga pul tikmagan. Ular asosan poker va onlayn slot o‘yinlarini o‘ynashgan.
Eslatib o‘tamiz, Fajoli 2023 yil oktyabr oyida futbol o‘yinlariga pul tikkanligi uchun 7 oyga diskvalifikatsiya qilingan edi.
Fikrlar