A Seriya yulduzlarni jamlamoqda

  • 23 avgust, 2021, 21:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir qator Angliya klublari futbolchilari faoliyatini A Seriyada davom ettirishni ma’qul ko‘rmoqda. Har holda Italiya terma jamoasi Evropa chempionatidagi g‘alabasi orqali ichki chempionati etarli darajada kuchli va raqobatbardosh ekanini isbotlab qo‘ydi.

Tecno

“Manchester Siti” yulduzlaridan beri Bernardu Silva transferlar oynasi oxirigacha A Seriyaga ko‘chib o‘tishi kutilyapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik futbolchiga Angliyadagi turmush tarzi yoqmayapti va yashash sharoiti, iqlimi o‘z yurtinikiga yaqin bo‘lgan Ispaniya yoki Italiyaga ketishni istayapti.

Hozircha, Bernardu Silvaga “Milan” qiziqish bildirmoqda. Milanliklar uni 15 million funt evaziga ikki yilga ijaraga olib, keyinchalik 30 million funtga transfer qilish huquqini olmoqchi.

“Manchester Siti” ham klubda qolishni xohlamayotgan yarim himoyachini qo‘yib yuborishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!