
A Seriya. Shomurodovning goli "Jenoa"ning seriyasi davom etishiga sabab bo‘ldi
Italiya A Seriyasi 23-turidan o‘rin olgan uchrashuvni Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi o‘z maydonida o‘tkazdi. "Verona"ni qabul qilgan genuyaliklar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
O‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlagan legionerimiz ikkinchi taym boshida maydonga tushdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Eldor hisobni tenglashtirgan golga mualliflik qildi. Keyinchalik, tomonlar yana bir martadan darvozalarni ishg‘ol etdi. Shu tariqa, "grifonlar"ning A Seriyadagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 7 ta o‘yinga etdi. So‘nggi bor, jamoa 6 yanvar kuni "Sassuolo" maydonidan egik bosh bilan ortga qaytishga majbur bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, "Jenoa" A Seriya turnir jadvalida 11-o‘rinni band etgan.
Fikrlar