
A Seriya. "Roma" "Bolonya"ni minimal hisobda engdi. "Milan" esa "Kremoneze"ga kutilmaganda yutqazib qo‘ydi
Italiya A Seriyasining ilk turida Jan Pero Gasperini boshchiligidagi "Roma" "Bolonya" bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni 53-daqiqada Uesli Fransa kiritdi.
Massimiliano Allegri boshqaruvidagi "Milan" esa mavsumni "Kremoneze"ga qarshi mag‘lubiyat bilan boshladi (2:1).
Bu bellashuvda dastlab 28-daqiqada Federiko Bashirotto hisobni ochdi. Keyin esa birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisi o‘tib borayotganda Kristian Pulishich hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida Federiko Bonatstsoli gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Fikrlar