A Seriya. "Napoli" o‘z uyida engildi
Neapoldagi "San-Paolo" stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Dastavval 28-daqiqada Dris Mertens hisobni ochdi.
Javob to‘pi esa 69-daqiqada Duvan Sapata tomonidan kiritildi. Oradan 11 daqiqa o‘tib esa Mario Pashalich bergamoliklarni hisobda oldinga olib chiqdi va amalda shu to‘p mehmonlarga 3 ochko keltirdi.
Shu tariqa, "Napoli" hisobidagi ochkolar soni 67 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. "Atalanta" esa 56 ochko bilan 5-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
{game}id{/game}



Fikrlar