A Seriya. "Napoli" kutilmaganda "Bolonya"ga mag‘lub bo‘ldi va peshqadam "Milan"dan o‘tib keta olmadi
A Seriyaning 11-turida "Bolonya" o‘z uyida "Napoli"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi ikki gol ham ikkinchi taymda kiritildi.
Dastlab, 50-daqiqada Dalinga hisobni ochdi. 66-daqiqada Lukumi oradag‘y farqni ikkitaga oshirdi — 2:0.
Ushbu g‘alabadan so‘ng mezbonlar ochkolari sonini 21 taga etkazdi va jamoa 4-o‘ringa ko‘tarildi. Antonio Konte shogirdlari hisobida 22 ochko bo‘lib, ular peshqadam "Milan" bilan bir xil natijaga ega.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Boloniya
- Thijs Dallinga 50'
- Jhon Lucumí 66'
Tugadi
2
:
0
09.11.2025 19:00



Fikrlar