A Seriya. "Napoli" kambek amalga oshirib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi
A Seriyaning 6-turida "Napoli" o‘z uyida "Jenoa"ni qabul qilib, 2:1 hisobiga mag‘lub etdi.
Dastlab, 34-daqiqada mehmonlar futbolchisi Ekator hisobni ochdi. Ammo ikkinchi taymda maydon egalari ustunlik qo‘lga oldi. 57-daqiqada Angissa raqib darvozabonini ojiz qoldirdi va o‘yindagi muvozanatni tikladi. 75-daqiqada esa hujumchi Xoylund jamoasini oldinga olib chiqdi — 2:1.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, Antonio Konte shogirdlarining jamg‘argan ochkolari soni 15 taga etdi. Ayni paytda neapolliklar "Roma" klubi bilan bir xil ochko to‘plagan holda turnir peshqadami hisoblanadi.



Fikrlar